Welcome to my site ! ~BLOODSHED~
Суббота, 21.10.2017, 15:17
» Мини-чат
500
» Наш опрос
saytimiz yoqdimi
BARCHA JAVOBLAR: 61
» Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
» Форма входа
Главная » 2008 » Январь » 22 » "Titanic" halokatining sababchisi
17:23
"Titanic" halokatining sababchisi
Titanic
Barg nima uchun sarg’ayib pastga uzulib tushadi? Chunki kuz fasli keladi, deb javob berasiz. Nega kuz fasli keladi, degan savolga esa siz, albatta, Yer Quyosh atrofida aylangani uchun degan javob qilasiz. Lekin nega u Quyosh atrofida aylanadi, nega bugun tortishish qonuni bor - shu kabi birinchi ikkinchi tug’adigan savollarning hammasiga javob topolmaymiz.
"Titanic" kemasining halokatiga Atlantikadagi aysberg sabab edi, degan izohni hammamiz bilamiz. Lekin o’sha aysbergni uzoqroqdan sezib, kema yo’nalishini o’zgartirish mumkin bo’lgan ekan. Ammo nega buning iloji bo’lmaganligini, ya’ni sabab ichidagi sababni yaqinda Londonda e’lon qilishdi. XX asrning eng mashhur va ma’shum fojeasida aybdor bo’lgan odam topilibdi! “Titanik”ni kuzatuv sahnasida navbatchilik qilishi lozim bo’lgan ikkinchi ofitser cho’ktirgan ekan! Kema o’zining birinchi va so’nggi safariga chiqishidan ikki kun avval bu ofitser qaysidir aybi uchun “Titanik”dan chetlashtirilgan va boshqa kemaga xizmatga o’tkazilgan ekan. U “Titanik”dan ketayotib, achchiqlangani bois o’zining o’rniga qo’yilgan odamga bir kalitni berishni unutib qo’yipti. Bu kalitcha ikki ko’zli kuchli durbin saqlanadigan yashikka tegishli edi. Basharti, binokl’ navbatchining qo’lida bo’lganida aysbergni juda uzoqdanoq ko’rish va halokatdan qutulib qolish mumkin edi. Aybdor ofitser esa kalitni cho’ntagidan olib ketgan, buning ustiga uning borligini unutgan ham edi.

Bitta kalitcha bir yarim mingdan ortiq odamning umriga zavol bo’lishi kimning ham hayoliga kelibdi!?

 
Просмотров: 882 | Добавил: bloodshed | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
» Поиск
» Календарь
«  Январь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
» Архив записей
» Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2017